Ko‘rgazma

Tiif online

O‘zbekistonning sanoat va investitsiya salohiyatini kashf qiling

Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF) doirasida 2026-yil 16–19-iyun kunlari CAEx ko‘rgazma markazida O‘zbekistonning sanoat va investitsion salohiyatiga bag‘ishlangan Ikkinchi milliy ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi. An’anaviy ko‘rgazma formatlaridan farqli ravishda, ekspozitsiya iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini aniq investitsiya loyihalari, texnologik yechimlar va keyingi rivojlanish yo‘nalishlari orqali namoyish etuvchi interaktiv makon sifatida tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kutilayotgan ishtiroki tadbirning yuqori maqomini hamda mamlakatning investitsiya kun tartibini shakllantirishdagi ahamiyatini ta’kidlaydi. Ko‘rgazma TXIF ishtirokchilariga iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari bilan tanishish, investitsiya loyihalarini muhokama qilish hamda biznes doiralari va davlat institutlari vakillari bilan bevosita aloqalar o‘rnatish imkonini beradi.

Rasmiy ma'lumotlardan foydalanilganda va Forum ishtirokchilarining bayonotlaridan iqtibos keltirilganda, tayyor materiallarda Toshkent xalqaro investitsiya forumiga va olingan ma’lumot manbasiga havola bo‘lishi yoki Forum veb-saytiga havola bo‘lishi shart (ma’lumot qayerdan olinganiga qarab).