OʻZBEKISTONGA KIRISH
Oʻzbekistonga kirish
Viza va pasportga doir talablar
Barcha delegatlar va ishtirokchilar pasportining amal qilish muddati kamida olti oy boʻlishi va mamlakatda boʻlish muddatidan uzoqroq ekanligiga ishonch hosil qilishlari kerak. Zarur boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasiga kirish uchun vizani oldindan rasmiylashtirish lozim.
Ishtirokchilarga viza talablari bilan Tashqi ishlar vazirligining quyidagi veb-saytida tanishish tavsiya etiladi: https://gov.uz/ru/mfa/sections/ko-p-beriladigan-savollar_?active=87873 https://mfa.uz/en/pages/visa-republic-uzb
Ishtirokchilarga viza talablariga rioya qilish tavsiya etiladi. O‘zbekiston Respublikasiga kirish uchun viza talab etiladigan shaxslar yashash mamlakatidagi O‘zbekiston Respublikasining eng yaqin diplomatik vakolatxonasiga murojaat qilishlari tavsiya etiladi. Diplomatik vakolatxona mavjud bo‘lmagan hollarda, ro‘yxatdan o‘tish jarayonida amal qiluvchi pasport va yaqinda olingan fotosuratni yuklash sharti bilan vizani kelganda rasmiylashtirish mumkin. Viza talablari bo‘yicha batafsil ma’lumotni forum veb-saytida topishingiz mumkin.
Toshkentga borish va qaytish safarlari
Forum ishtirokchilari Toshkentga borish va qaytishni mustaqil ravishda tashkil etadilar.
Ishtirokchilarga tanlangan ishtirok etish sanalariga muvofiq reysni oldindan rejalashtirish va chiptalarni bron qilish tavsiya etiladi.
Aeroportda kutib olish
Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida ishtirokchilarga mamlakatga kirish va chiqishda yordam ko‘rsatish uchun protokol xizmati xodimlari faoliyat yuritadi.
Bojxona tartiblari
Oʻzbekiston Respublikasiga narkotik moddalar, oʻqotar qurol va oʻq-dorilarni olib kirish qatʼiyan man etiladi. Mamlakatdan chet el valyutasini olib chiqishda cheklov mavjud emas; ammo, olib chiqilayotgan naqd pul miqdori 100 million soʻmdan (taxminan 8000 AQSh dollariga teng) ortiq boʻlsa, T-6 deklaratsiya shaklida rasmiylashtirilishi lozim.
Forum ishtirokchilariga olib kirishga ruxsat etilgan va taqiqlangan tovarlarning to‘liq ro‘yxati bilan quyidagi sayt orqali tanishib chiqish tavsiya etiladi: https://www.uzairways.com/en/information-about-products-import-which-restricted-or-banned-following-countries.
https://www.uzairways.com/en/information-about-products-import-which-restricted-or-banned-following-countries