Forum o‘tkazilish joyi

Forum Markaziy Osiyodagi eng yirik va eng zamonaviy ko‘rgazma majmualaridan biri — CAEx (Central Asian Expo Uzbekistan) xalqaro ko‘rgazma markazi hududida bo‘lib o‘tadi. Markaz jahon darajasidagi infratuzilmani ta’minlaydi va xalqaro tadbirlar, biznes uchrashuvlar hamda yuqori darajadagi muloqotlar o‘tkazish uchun optimal sharoitlar yaratadi.

Forumning ochilish marosimi ham CAEx maydonida bo‘lib o‘tadi.

CAEx Jahon ko‘rgazma sanoati assotsiatsiyasi (UFI) hamda Xalqaro ko‘rgazmalar va tadbirlar assotsiatsiyasi (IAEE) a’zosi hisoblanadi, bu esa uning tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiqligini tasdiqlaydi.

Majmuaning umumiy maydoni 23 000 kv.mni tashkil etadi. Uning tarkibiga ko‘p funksiyali konferensiya zali, qulay muzokara xonalari, zamonaviy restoran, dam olish va kutish zonalari, shuningdek, qo‘shimcha xizmat xonalari kiradi.

Markaz qulay manzilda joylashgan boʻlib, shaharning barcha hududlaridan 30 daqiqa ichida yetib borish mumkin.

Manzil: Toshkent shahri, Mirzo-Ulug‘bek tumani, “Barkamol” MFY, Milliy Bog‘ ko‘chasi, 1-uy. Moʻljal: CAU (avvalgi AKFA universiteti).

Rasmiy ma'lumotlardan foydalanilganda va Forum ishtirokchilarining bayonotlaridan iqtibos keltirilganda, tayyor materiallarda Toshkent xalqaro investitsiya forumiga va olingan ma’lumot manbasiga havola bo‘lishi yoki Forum veb-saytiga havola bo‘lishi shart (ma’lumot qayerdan olinganiga qarab).