Manbalarni ko‘rsatish qoidalari
Manbalarni ko‘rsatish qoidalari
5-Toshkent xalqaro investitsiya forumining rasmiy maʼlumotlaridan foydalanganda hamda ishtirokchilarning bayonotlaridan iqtibos keltirilganda, yakuniy materiallarda Toshkent xalqaro investitsiya forumiga va olingan maʼlumot manbasiga yoki Forumning rasmiy veb-saytiga havola qilinishi shart (maʼlumot manbasiga qarab).
Iqtibos keltirilayotgan ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bosma OAV / Radio: 5-Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida yozib olingan har qanday dastur yoki intervyu TXIFga havolani (matn koʻrinishida yoki logotip shaklida) oʻz ichiga olishi shart.
Televideniye: 5-Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida yozib olingan har qanday dastur yoki intervyu TXIFga havolani (matn koʻrinishida yoki logotip shaklida) oʻz ichiga olishi shart.
Internet nashrlari: 5-Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida yozilgan yoki yozib olingan har qanday maqola yoki intervyu TXIFga havolani (matn ko‘rinishida yoki logotip shaklida) o‘z ichiga olishi shart.
Foto materiallar: Har qanday e’lon qilingan surat TXIF haqida eslatmani o‘z ichiga olishi kerak — tasvirning o‘zida yoki izohida (matn ko‘rinishida yoki logotip shaklida).
Bloglar / Ijtimoiy tarmoqlar: 5-Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida olingan rasmiy ma’lumotlardan foydalanilganda, shuningdek Forum ishtirokchilarining fikrlarini iqtibos keltirishda (faqat ularning roziligi bilan), e’lon qilinadigan materiallar (bloglar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa onlayn platformalarda) aniq va ishonchli ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi shart.
Ishtirokchilar va OAV vakillari quyidagilarni tasdiqlaydilar:
- • Forumda ishtirok etish orqali ushbu qoidalar va talablarni toʻliq qabul qiladilar;
- • Tarqatilayotgan barcha maʼlumotlar aniq va chalgʻitmaydigan xususiyatga ega;
- • Iqtiboslar oʻzgartirishlarsiz va tegishli rozilik asosida ishlatiladi;
- • Barcha materiallar belgilangan talablarga muvofiq TXIFga toʻgʻri havolani oʻz ichiga oladi;
- • Matndan ajratilgan holda maʼlumot eʼlon qilmaydilar hamda tekshirilmagan axborotni tarqatmaydilar;
- • Forum davomida foto, video va audio olishga, shuningdek ushbu materiallardan tashkilotchilar tomonidan axborot va reklama maqsadlarida foydalanishga rozilik beradilar.
Ishtirokchilar e’lon qilinadigan, tarqatiladigan yoki efirga uzatiladigan materiallar mazmuni uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmalariga oladilar. Forum tashkilotchilari OAV, bloglar yoki ijtimoiy tarmoqlarda ishtirokchilarning bildirgan fikrlari uchun javobgar emas.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi 5-Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi tadbirlarni tayyorlash va oʻtkazish jarayonida OAV vakillari tomonidan olingan yoki yaratilgan maqola matnlari hamda foto va videomateriallardan mualliflik huquqini koʻrsatgan holda foydalanish huquqini oʻzida saqlab qoladi.