Toshkent yilning asosiy investitsiya tadbiriga tayyorgarlik ko‘rmoqda!

Toshkent yilning asosiy investitsiya tadbiriga tayyorgarlik ko‘rmoqda!
24 Mar 2026, 21:26
Press-relizlar

Toshkent yilning asosiy investitsiya tadbiriga tayyorgarlik ko‘rmoqda!

🟠 16-19-iyun kunlari Oʻzbekiston poytaxtida muhim tadbirlar boʻlib oʻtadi: 5-Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining 4-yigʻilishi hamda eksport salohiyati koʻrgazmasi. Tayyorgarlik “24/7” jadval asosida qizgʻin davom etmoqda: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzurida logistika va kontentdan tortib barcha bosqichlarni muvofiqlashtirish uchun Markaziy shtab tashkil etilgan.

 

Asosiy lahzalar va kutilmalar:

 

⚫️ Global qamrov: Yuzlab top-menejerlar va investorlar o‘z ishtiroklarini tasdiqladilar. Plenar sessiyalar uchun xalqaro ma’ruzachilar va moderatorlar tarkibini shakllantirish yakunlanmoqda.

⚫️ Infratuzilma: maxsus koll-markaz va transport tuguni ishga tushirildi..

⚫️ Hamkorlik: Imzolanishi kutilayotgan investitsiya va savdo kelishuvlarining maqsadli roʻyxati tayyorlanmoqda.

⚫️ Ishbilarmonlik muhiti: Dastur dastur B2B muzokaralar va netvorking tadbirlari bilan boyitilgan.

⚫️ Sport energiyasi: Forum konferensiya zallaridan tashqariga chiqadi: Olimpiya shaharchasida tennis turniri, shuningdek, 1000 nafar ishtirokchi uchun keng ko‘lamli marafon o‘tkaziladi.

⚫️ Madaniy to‘lqin: mehmonlarni yorqin tadbirlar, jumladan, zamonaviy O‘zbekistonning ijodiy salohiyatini ifodalovchi elektron musiqa va san’atning hayajonli shousi – “Stixiya” xalqaro festivali bilan eksklyuziv hamkorlik kutmoqda.

🟠 TXIF-2026 - bu shunchaki muhokamalar majmuasi emas, balki real shartnomalar tuzish va hududlarning eksport salohiyatini namoyish etish uchun platformadir. Toshkent butun dunyodan keladigan mehmonlarni qabul qilishga tayyor. Tadbir ko‘lami tobora kengaymoqda!.

 

🟠 Ro‘yxatdan o‘tish boshlandi


Other news

  • SHERZOD SHERMATOV | RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRIIntervyular
    24 Iyun 2026, 14:54

    SHERZOD SHERMATOV | RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRI

    Batafsil
  • Fergana.ru: Toshkent investitsiya forumi 2026 $43,1 mlrd qiymatidagi bitimlarni keltirdiNashrlar
    21 Iyun 2026, 12:23

    Fergana.ru: Toshkent investitsiya forumi 2026 $43,1 mlrd qiymatidagi bitimlarni keltirdi

    Batafsil
  • Suvra Chakraborti Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida savdo aloqalari va ta’minot zanjiri sessiyasiga moderatorlik qiladiVideo murojaatlar
    14 Iyun 2026, 12:16

    Suvra Chakraborti Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida savdo aloqalari va ta’minot zanjiri sessiyasiga moderatorlik qiladi

    Batafsil

Rasmiy ma'lumotlardan foydalanilganda va Forum ishtirokchilarining bayonotlaridan iqtibos keltirilganda, tayyor materiallarda Toshkent xalqaro investitsiya forumiga va olingan ma’lumot manbasiga havola bo‘lishi yoki Forum veb-saytiga havola bo‘lishi shart (ma’lumot qayerdan olinganiga qarab).