Jordi Greyg Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida turizmga investitsiyalar sessiyasiga moderatorlik qiladi
15 Iyun 2026, 21:20
Jordi Greyg Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida turizmga investitsiyalar sessiyasiga moderatorlik qiladi
🌐 "The Independent" bosh muharriri Jordi Greyg moderatorlik qiladigan "Turizmga investitsiyalar" mavzusidagi panel sessiyasida O‘zbekistonning turistik salohiyati xalqaro investorlar va biznes hamjamiyatiga taqdim etiladi.
🟠 Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasidagi ushbu uchrashuvda hududlarda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, barqaror turizm sohasidagi xalqaro tajriba va zamonaviy tendensiyalar ko‘rib chiqiladi. Sessiya investorlar, tadbirkorlar va davlat organlari o‘rtasida samarali muloqot maydonini yaratish hamda turizm sektorida uzoq muddatli sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.
Other news


