Juliya Xoggett Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Buyuk Britaniya kapitalini safarbar etish sessiyasida qatnashadi
14 Iyun 2026, 11:45
Juliya Xoggett Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Buyuk Britaniya kapitalini safarbar etish sessiyasida qatnashadi
🌐 London fond birjasi (LSE) bosh ijrochi direktori Julia Xoggett Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Buyuk Britaniya elchixonasi hamkorligida tashkil etilayotgan "O‘zbekistonning barqaror va inklyuziv rivojlanishi uchun Buyuk Britaniya kapitalini safarbar etish" mavzusidagi panel sessiyasida ma’ruzachi sifatida ishtirok etadi.
🟠 Muloqot davomida kapital bozorlari va barqaror moliyalashtirish vositalari orqali uzoq muddatli xususiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari tahlil qilinadi, shuningdek, inklyuziv va yashil o‘sishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan "UK–Central Asia Green Inclusive Growth Fund (GIG)" jamg‘armasining rasmiy taqdimoti o‘tkaziladi.
Other news


