Cross Works BIJ Hakan Agja TIIF 2026 da shaharlar va iqtisodiy o'sish mavzusidagi BCG sessiyasida ma'ruzachi sifatida ishtirok etadi
6 Iyun 2026, 14:32
Cross Works BIJ Hakan Agja TIIF 2026 da shaharlar va iqtisodiy o'sish mavzusidagi BCG sessiyasida ma'ruzachi sifatida ishtirok etadi
Cross Works kompaniyasi bosh ijrochi direktori Hakan Agja 5-yubiley Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida o'tadigan "Shaharlar – iqtisodiy o'sishning yangi poygasi markazida" (BCG bilan hamkorlikda) sessiyasida ma'ruzachi sifatida ishtirok etadi.
Markaziy Osiyoda jadal shaharsozlik mintaqa kelajagini belgilab bermoqda. Bugungi kunda shaharlar shunchaki yashash joyi emas, balki iqtisodiy taraqqiyot, sarmoya va iqtidorlarni jalb qilish markazlariga aylanib ulgurdi.
Muloqot davomida mintaqadagi yangi shahar loyihalari va ularning kapital jalb qilishdagi o'rni tahlil qilinadi. O'zbekiston o'z shaharlarini iqtisodiy yuksalish drayverlariga aylantirish bo'yicha noyob imkoniyatdan dadil foydalanishi diqqat markazida bo'ladi.
Other news
3 Iyun 2026, 12:19TIIF-2026: BMT ESCAP iqtisodchisi Tom Bekker Markaziy Osiyo investitsiya agentliklari davra suhbatini olib boradi
Batafsil
3 Iyun 2026, 12:26Yovanka Kristina Porshe TIIF-2026da kreativ industriya va madaniy iqtisodiyot bo'yicha panel sessiyasida ma'ruzachi bo'ladi
Batafsil
3 Iyun 2026, 12:36DPI boshqaruvi raisi Balaj Xendrix TIIF 2026 da suv, energiya va oziq-ovqat resurslari bo'yicha panel sessiyasida ishtirok etadi
Batafsil