«Ipak yo‘li» bag‘ishlangan oqshomgi yugurish musobaqasi

«Ipak yo‘li» bag‘ishlangan oqshomgi yugurish musobaqasi
14 Apr 2026, 11:28
20

«Ipak yo‘li» bag‘ishlangan oqshomgi yugurish musobaqasi

🟠 Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TIIF 2026) ochiladigan kun - 16-iyun kuni «Yangi O‘zbekiston» bog‘i hududida «Silk Road Night Run powered by TIIF» - 3 dan 10 kilometrgacha bo‘lgan masofaga oqshomgi yugurish musobaqasiga taklif qilamiz. (https://gov.uz/oz/miit/news/view/153002)


🟠 Musobaqaga soat 20:00 da - quyosh Toshkent uzra botib, atrofga sokinlik cho‘kkan pallada start beriladi. Forum delegatlari, xalqaro hamkorlar, davlat idoralari vakillari hamda poytaxtimiz aholisidan iborat ishtirokchilar «Yangi O‘zbekiston» bog‘ining fusunkor hududi bo‘ylab yuguradilar. Mazkur tadbir jismoniy tayyorgarlik darajasidan qat’i nazar, barcha uchun ochiqdir.


🟠 «Silk Road Night Run» - forum dasturidan o‘rin olgan hamda sport va netvorkingni o‘zida mujassam etgan «TIIF Active Series» turkumidagi ikkinchi yirik loyihadir. Bunday tadbirlar bugungi kunda dunyoning yetakchi muloqot maydonlarida ommalashib bormoqda, zero eng mustahkam va samarali aloqalar ko‘pincha rasmiy anjumanlar zalidan tashqarida - samimiy hamda qulay muhitda o‘rnatiladi.


⚫️ 2026-yil 16-iyun, 20:00, «Yangi O'zbekiston» bog‘i, Toshkent. 3-10 km, barcha ishtirok etishi mumkin.


⚫️ Hamkorlik va homiylik: a.shamatov@miit.uz, www.tiif.online

Other news

  • Toshkent yilning asosiy investitsiya tadbiriga tayyorgarlik ko‘rmoqda!
    24 Mar 2026, 21:26
    50

    Toshkent yilning asosiy investitsiya tadbiriga tayyorgarlik ko‘rmoqda!

    Batafsil
  • Ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
    13 Mar 2026, 17:32
    47

    Ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

    Batafsil
  • Toshkent yilning eng muhim iqtisodiy voqeasiga mezbonlik qilish arafasida.
    17 Apr 2026, 14:41
    8

    Toshkent yilning eng muhim iqtisodiy voqeasiga mezbonlik qilish arafasida.

    Batafsil

Rasmiy ma'lumotlardan foydalanilganda va Forum ishtirokchilarining bayonotlaridan iqtibos keltirilganda, tayyor materiallarda Toshkent xalqaro investitsiya forumiga va olingan ma’lumot manbasiga havola bo‘lishi yoki Forum veb-saytiga havola bo‘lishi shart (ma’lumot qayerdan olinganiga qarab).