Ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
13 Mar 2026, 17:32
47

Ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

2026-yil 16–19-iyun kunlari Toshkentda 5-Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF-2026) boʻlib oʻtadi. Bu Markaziy Osiyodagi yetakchi investitsiya platformasi boʻlib, investorlar, davlat organlari vakillari, xalqaro moliya institutlari va jahon biznesi yetakchilarini birlashtiradi.

 

🟠 Forum TXIF-2025ning muvaffaqiyatli tajribasiga tayanadi — unda 8 000 dan ortiq ishtirokchi, jumladan 97 mamlakatdan qariyb 3 000 xalqaro mehmon qatnashgan. Ishbilarmonlik dasturi 150 dan ortiq xalqaro ma’ruzachilar ishtirokida 36 ta panel sessiyani o‘z ichiga olgan. Natijada umumiy qiymati 30,5 milliard AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan investitsiya bitimlari va savdo shartnomalari imzolangan.

🟠 Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRD), Linde, Knauf, Mangold Consulting, Al Jazeera va boshqa kompaniyalar rahbarlari O‘zbekistondagi islohotlarning izchilligi, investitsiya muhitining yaxshilanayotgani hamda ishlab chiqarish salohiyatining kengayayotganini alohida ta’kidladilar..

🟠 TXIF amaliy yechimlar platformasi sifatida mustahkam o‘rnashib, yuzlab B2B va B2G uchrashuvlarini o‘tkazish, sanoat ko‘rgazmasini tashkil etish va aniq loyihalarni ishga tushirishga hissa qo‘shdi. Yubiley forumi erishilgan natijalarni mustahkamlash va investitsiyaviy muloqotni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan.

 

🟠 Ro‘yxatdan o‘tish boshlandi


Other news

  • Toshkent yilning asosiy investitsiya tadbiriga tayyorgarlik ko‘rmoqda!
    24 Mar 2026, 21:26
    50

    Toshkent yilning asosiy investitsiya tadbiriga tayyorgarlik ko‘rmoqda!

    Batafsil
  • Toshkent yilning eng muhim iqtisodiy voqeasiga mezbonlik qilish arafasida.
    17 Apr 2026, 14:41
    8

    Toshkent yilning eng muhim iqtisodiy voqeasiga mezbonlik qilish arafasida.

    Batafsil
  • TIIF Open 2026
    6 Apr 2026, 21:55
    37

    TIIF Open 2026

    Batafsil

Rasmiy ma'lumotlardan foydalanilganda va Forum ishtirokchilarining bayonotlaridan iqtibos keltirilganda, tayyor materiallarda Toshkent xalqaro investitsiya forumiga va olingan ma’lumot manbasiga havola bo‘lishi yoki Forum veb-saytiga havola bo‘lishi shart (ma’lumot qayerdan olinganiga qarab).