TIIF Open 2026

TIIF Open 2026
🟠 Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TIIF 2026) doirasida TIIF Open - 15-iyun kuni soat 08:00 dan 12:00 gacha Olimpiya shaharchasi kortlarida bo‘lib o‘tadigan tennis turniriga taklif qilamiz. (https://gov.uz/oz/miit/news/view/150216)
🟠 Ushbu tadbir TIIF Active Series turkumiga kiradi va forumning rasmiy dasturini to‘ldirgan holda, strategiya hamda aniqlikni qadrlaydigan nufuzli mehmonlar uchun ochiq muloqot maydoniga aylanadi.
🟠 Turnir erkaklar o‘rtasidagi yakkalik va juftlik (shu jumladan, aralash juftliklar) musobaqalari bo‘yicha o‘tkaziladi. O‘yinlar olimpiya tizimi bo‘yicha yoki guruh bosqichi va pley-offdan iborat kombinatsiyalangan formatda tashkil etiladi.
🟠 TIIF Active Series doirasidagi barcha tadbirlar barqaror rivojlanish konsepsiyasiga muvofiq, havoga chiqariladigan chiqindilar hajminii kamaytirish va energiya samaradorligini ta’minlash tamoyillari asosida o‘tkaziladi. Bu yondashuv O‘zbekistonning "yashil" iqtisodiyotga o‘tish va iqlimga yo‘naltirilgan investitsiyalarni rivojlantirish borasidagi strategik maqsadlarini o‘zida aks ettiradi.
🟠 TIIF Open - bu shunchaki sport musobaqasi emas, balki ishonchga asoslangan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish uchun yaxshi imkoniyatdir. Turnirda ishtirok etish hamda homiylik va hamkorlik masalalari bo‘yicha ham a.khamidov@miit.uz yoki www.tiif.online orqali murojaat qilish mumkin.


