TXIF-2026 ishtirokchilari uchun qulay raqamli vositalar va shaxsiy kabinet joriy etildi

TXIF-2026 ishtirokchilari uchun qulay raqamli vositalar va shaxsiy kabinet joriy etildi
26 May 2026, 20:42

TXIF-2026 ishtirokchilari uchun qulay raqamli vositalar va shaxsiy kabinet joriy etildi

Shu yilning 16–18-iyun kunlari V yubiley Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF-2026) bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ilk bor forum ishtirokchilari uchun rasmiy platforma negizida qulay raqamli vositalarni joriy etdi. Endilikda interaktiv netvorking, xonalarni onlayn band qilish va logistikani muvofiqlashtirish xizmatlariga ega shaxsiy kabinet interfeysi mehmonlar ixtiyorida bo‘ladi.


Yangi tizimning asosiy imkoniyatlari:

  • Biznes-kontaktlar: Kerakli kompaniyalarni tezkor qidirish va topish;
  • Chatlar: To‘g‘ridan-to‘g‘ri B2B hamda G2B uchrashuvlarini belgilash va muzokaralar xonalarini band qilish;
  • Sessiyalar: Panel munozaralarida ishtirok etishni tasdiqlash.


Logistika jarayonlarini muvofiqlashtirish uchun ishtirokchilar transfer xizmatidan foydalanish maqsadida o‘z aviareyslari haqidagi ma’lumotlarni profillariga kiritishlari kifoya. Forum kunlari mehmonxonalar va CAEx majmuasi o‘rtasida shinam shatllar muntazam qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Shaxsiy sahifaning o‘z vaqtida faollashtirilishi TXIF-2026 taqdim etayotgan barcha imkoniyatlardan to‘liq bahramand bo‘lishni ta’minlaydi.

Other news

  • Toshkent yilning asosiy investitsiya tadbiriga tayyorgarlik ko‘rmoqda!
    24 Mar 2026, 21:26

    Toshkent yilning asosiy investitsiya tadbiriga tayyorgarlik ko‘rmoqda!

    Batafsil
  • Ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
    13 Mar 2026, 17:32

    Ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

    Batafsil
  • TIIF Open 2026
    6 Apr 2026, 21:55

    TIIF Open 2026

    Batafsil

Rasmiy ma'lumotlardan foydalanilganda va Forum ishtirokchilarining bayonotlaridan iqtibos keltirilganda, tayyor materiallarda Toshkent xalqaro investitsiya forumiga va olingan ma’lumot manbasiga havola bo‘lishi yoki Forum veb-saytiga havola bo‘lishi shart (ma’lumot qayerdan olinganiga qarab).